20:16 / 11.07.2019
2 839

"Bunyodkor" xorij yig‘iniga kimlarni olib ketdi?

"Bunyodkor" xorij yig‘iniga kimlarni olib ketdi?
Xabar berganimizdek, «Bunyodkor» mavsumlar oralig‘idagi tanaffusni xorijda o‘tkazadi.

Bugun erta tongda Toshkentdan yo‘lga chiqqan «qaldirg‘ochlar» to‘rt yarim soat davom etgan parvozdan keyin Belorus poytaxti Minsk shahri xalqaro aeroportiga yetib keldi. Mahalliy vaqt bilan 13:30larda shahardagi «Yubileynыy» mehmonxonasidan joy olgan jamoa a’zolariga tushlikdan so‘ng hordiq uchun vaqt berildi. Reja bo‘yicha bugun tushdan so‘ng «Bunyodkor» mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jamoa Minskka quyidagi tarkib bilan yetib keldi:

Futbolchilar – Murodjon Zuhurov, Ulug‘bek Abdullayev, Lutfulla To‘rayev, Suhrob Izzatov, Anvar G‘ofurov, Jasurbek Jaloliddinov, Abdumavlon Abdujalilov, Muhammadodil Qahramonov, Javohir Qahramonov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Islomjon Qobilov, Abdulla Abdullayev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Boburbek Farhodov, Xurshid G‘iyosov, Sanjar Rixsiboyev, Valeriy Akopov, Vladislav Nuriyev, Eldor Adhamov, Farrux Ikromov.

Murabbiylar shtabi – Vadim Abramov, Marat Miftaxutdinov, Aram Ananyan, Shuhrat Maqsudov, Abdusattor Rahimov, Yorqin Nazarov.
Shifokor – Qahramon Nurmuhamedov.
Fizioterapevt – Ruslan Shamsuddinov.
Massajchi – Radion Sarichev.
Bosh ma’mur – Botir Parpiyev.
Ma’mur - Tohir Solixov.
Moliya ishlari bo‘yicha menejer – Shomurod Isroilov.
Tasvirchi – Akbar Dadashev.
Matbuot kotib – Furqat Nishonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" xorij yig‘iniga kimlarni olib ketdi?