18:26 / 20.07.2019
4 130

Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi

Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Instagram’dagi sahifasida post qoldirdi. Unda u Moskvada yuniorlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tayotganini xabar qilgan.

Foto: Instagram/Saida Mirziyoyeva
«Mamlakatimiz terma jamoasini kuni kecha Moskvada ochilgan va tarixda birinchi bor o‘tkazilayotgan yuniorlar o‘rtasidagi badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgani bilan qutlayman.

O‘zbekiston sharafini 13-15 yoshli qizlarimiz - Kamila Abdullayeva, Nilufar A’zamova, Madina Irnazarova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Madina Yunusova hamda Tahmina Ikromova va Yosmina Rahimova himoya qilmoqda.

Yetuk murabbiylar Tatyana Kun, Valeriya Grudnyak, Ra’no Muhamedova, Yelena Aslanova va Irina Kudryasheva munosib sportchilarni – bo‘lajak Olimpiya chempionlarini tayyorlaganiga ishonchim komil hamda ushbu musobaqa ularning faoliyati va hayotida tarixiy bo‘lishiga umid qilaman.

Omad sizga, aziz hamyurtlar!
Bunday ajoyib tadbirni yuqori darajada tashkil etgani uchun Irina Viner-Usmonovaga alohida minnatdorlik bildiraman!

Bu yerda men ko‘p karra jahon va Yevropa chempionlari, egizak opa-singillar – maftunkor Dina va Arina Averinalar bilan tanishdim», - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun: Moskvada yuniorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatida dunyoning 60 dan ortiq davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda. Ular ham individual dasturda, ham jamoaviy mashqlar bo‘yicha bahs olib boryapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saida Mirziyoyeva Irina Viner-Usmonovaga minnatdorlik bildirdi