Foto: O‘FA
O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachilari Aziz Haydarov va Temur Kapadze faoliyatini O‘FA tizimida davom ettiradi.
Assotsiatsiya rasmiy saytiga ko‘ra, Haydarov O‘FA Terma jamoalar bo‘limida ish boshlamoqda. Unga turli yoshdagi barcha terma jamoalar ishini muvofiqlashtirish vazifasi topshirilgan.
Kapadze esa O‘FAning seleksiya ishlariga bosh bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Aziz Haydarov yil boshidan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgan, o‘tgan haftada futbolchilik faoliyatiga yakun yasagani e’lon qilingan edi.
Temur Kapadze esa 2017 yil oxirida butsalarini mixga ilib, 2018 yil fevralida O‘zbekiston milliy jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan va termani 4 ta o‘yinda maydonga boshlab tushgan edi. O‘sha yil aprelida esa «Lokomotiv»da yordamchi murabbiy sifatida ish boshlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi