
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.
"Beyl - "Real" o‘yinchisi, agar u ketsa bu juda ham katta transfer bo‘ladi, chunki uning maoshi katta.
Beyl harakatchan o‘yinchi va u menga yoqadi. Ammo hozir boshqa vaziyatdamiz. Yangi jamoa tuzish kerak. Jamoa - eng kuchli individual futbolchilar jamlanmasi emas, futbolchilar birgalikda ishlashlari kerak", - deydi Klopp.
Xavbek "Real"da haftasiga 600 ming funt (669 ming yevro) miqdorida maosh oladi.
Beyl yakunlangan mavsum "Real" safida 42ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar