13:50 / 27.07.2019
3 374

Sabriel Matias Maksim Dadashev bilan kechgan jang uchun gonorarni olishdan bosh tortdi

Sabriel Matias Maksim Dadashev bilan kechgan jang uchun gonorarni olishdan bosh tortdi
Foto: Google Images
Boks bo‘yicha birinchi yarim o‘rta vazn toifasi vakili puerto-rikolik Sabriel Matias rossiyalik Maksim Dadashev bilan bo‘lib o‘tgan jangdan tushgan 75 ming dollar miqdoridagi gonorardan bosh tortdi. Bu haqda NBC Washington ma’lum qildi.

«Bu pullar unga kerak emas. Sabrielning qarori shunday», — dedi Matias vakili Fernando Gaztambide.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik bokschi Dadashev mazkur jangdan 3 kun o‘tib, 23 iyul, seshanba kuni miyaning ichki shishishi sabab 28 yoshida vafot etdi.

Ma’lumot uchun, muxlislar tomonidan GoFoundMe xizmati hamda Xalqaro boks federatsiyasi orqali Dadashev oilasi uchun mablag‘ yig‘ilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sabriel Matias Maksim Dadashev bilan kechgan jang uchun gonorarni olishdan bosh tortdi