
«Real»ning uelslik vingeri Garet Beyl Xitoyda bo‘lib turibdi.
30 yoshli futbolchi Xitoyning «Szyansu Sunin» klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan. Xitoyda Beyl yiliga 22 mln yevro miqdorida maosh oladi.
Gareth Bale arriving in China, he will earn £1m a week making him the highest paid footballer in the world. pic.twitter.com/YAw2SDWVyM
— Transfer News (@TransfersLlVE) July 27, 2019
Garet 2013 yildan buyon «Real» safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda madridliklar jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 42 uchrashuvida maydonga tushib, 14 gol urgan va 7 golga uzatma berga.
«Szyansu Sunin» Xitoy Superligasida oltinchi o‘rinda bormoqda. 19 turdan keyin Kosmin Oleroyu jamoasi 26 ochko jamg‘argan (7 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat).
Bundan avvalroq «Szyansu Sunin» braziliyalik himoyachi Joao Mirandani o‘z safiga qo‘shib olgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar