O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Jaloliddin Masharipovning burchakdan uzatgan to‘pini Yegor Krimets yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi. 17-daqiqada “sherlar” yana burchak to‘pidan so‘ng gol urishdi, Marko Simich jarima maydoni ichida to‘pni qabul qilib oldi va kuchli zarba bilan uni ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Igor Sergeyev Sador Sobirxo‘jayevning uzatmasidan keyin darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Doston Hamdamov jamoasining to‘rtinchi golini urdi.
77-daqiqada Sergeyev bu safar Hamdamovning uzatmasidan keyin yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va bu safar ham imkoniyatni ko‘kka sovurmadi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari ochkolarini 41taga yetkazib olgan holda peshqadamlikda davom etishmoqda. "Qizilqum" (14) esa 10-o‘rinda qoldi.
Sosa Sola Superliga, 15-tur
"Qizilqum" – "Paxtakor" 0:5 (0:2, 0:3)
Gollar: 0:1 - 11 Krimets, 0:2 - 17 Simich, 0:3 - 47 Sergeyev, 0:4 - 62 Hamdamov, 0:5 - 77 Sergeyev.
"Qizilqum": Yevgeniy Cheremisin, Alisher Sanoyev, Lasha Totadze, Stiven Lyustitsa, Salim Mustafoyev, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Aziz Usmonov (Saidjamol Davlatjonov, 50), Ruslan Margiyev, Mate Vatsadze (Vohid Shodiyev, 88), Suxrob Yarashov (Nodir Kamolov, 53).
"Paxtakor": Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Marko Simich (Vladimir Kozak, 79), Yegor Krimets, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloddin Masharipov, Dragan Cheran (Husniddin G‘ofurov, 66), Marat Bikmayev (Doston Hamdamov, 59), Igor Sergeyev.
Ogohlantirishlar: Ubaydullayev (24), Sayfiyev (24), Jo‘rayev (71), Hamdamov (73), Vatsadze (88). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi