21:09 / 31.07.2019
2 533

"AGMK" o‘zida "Andijon" bilan jangovar durang qayd etdi

"AGMK" o‘zida "Andijon" bilan jangovar durang qayd etdi
O‘zbekiston chempionatining 15-turidan o‘rin olgan "AGMK" – "Andijon" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliqda bo‘lib o‘tgan bahsda jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuv birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va darvozalar oldida xavfli vaziyatlar kam bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni ikkala jamoa vakillari tajavvuskor ruhda boshlashdi.

51-daqiqada Qahramon Bahodirov burchak zarbasidan so‘ng hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay andijonliklar ikkinchi golni urishdi. Ro‘zimboy Ahmedovning uzatmasidan so‘ng Shahzod Ubaydullayev raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Shundan keyin maydon egalari yanada bosimni oshirishdi va ketma-ket hujumlar o‘z samarasini berdi. 71-daqiqada Zafar Polvonov qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. 81-daqiqada Polvonovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Uni Elguja Grigalashvili aniq bajarib muvozanatni tikladi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va jamoalar murosa yo‘lini tanlashdi.

Sosa Sola Superliga, 15-tur
"AGMK" – "Andijon" 2:2 (0:0, 2:2)
Gollar:
0:1 - 51 Bahodirov, 0:2 - 65 Ubaydullayev, 1:2 - 71 Polvonov, 2:2 - 81, penalti Grigalashvili.

AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 3.Erkin Baydullayev, 4.Mirjamol Qosimov (30.Jasur Umarov, 46), 5.Dilshod Jo‘rayev (17.Murod Toshmatov, 46), 7.Elguja Grigalashvili, 8.San’at Shixov, 9.Zafar Polvonov, 23.Akmal Shorahmedov, 31.Saydullo Rahmatov (15.Jasur Hakimov, 57), 44.Bobur Yuldoshev, 77.Vlasdislav Kasminin.

"Andijon": 1.Ruslan Matniyozov, 2.Jalil Kimsanov, 8.Farhod Bekmurodov, 10.Shahzodbek Ubaydullayev (5.Robbim Hasanov, 74), 18.Dilshod Rahmatlullayev, 19.Sardorbek Azimov, 21.Ildar Mamatkazin, 22.Ro‘zimboy Ahmedov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (25.Qahramon Bahodirov, 50 (7.Oybek Qilichev, 67), 26.Aleksich Radosav, 88.Abror Husinov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "AGMK" o‘zida "Andijon" bilan jangovar durang qayd etdi