16:36 / 01.08.2019
2 222

Ronalduni maydonda ko‘rmagan koreyalik muxlislar tashkilotchilardan 50 mln yevro talab qilishmoqda

Ronalduni maydonda ko‘rmagan koreyalik muxlislar tashkilotchilardan 50 mln yevro talab qilishmoqda
Janubiy koreyalik muxlislar “Yuventus” hamda K-Liga yulduzlari o‘rtasidagi uchrashuv tashkilotchilari bilan sudlashishmoqchi.

Gap shundaki, stadionga kelgan 60 ming nafar muxlis turinliklarning asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduni maydonda ko‘rishmagan. Shartnomada esa Ronaldu ushbu uchrashuvda kamida 45 daqiqa o‘ynashi va o‘yindan so‘ng dastxat qo‘yish marosimida ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan edi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra advokat Kim Min-Ki tashkilotchilarga jamoaviy da’vo arizasi tayyorlamoqda. U chiptalar uchun to‘langan 52,40 yevro va uning komissiyasi uchun 0,76 yevro, bundan tashqari yetkazilgan ma’naviy zarar uchun har bir muxlisga 760 yevrodan tovon puli to‘lanishini talab qilmoqchi. Bu esa taxminan 50 mln yevro bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri shu kuni Ronaldu jarohati sabab maydonga tushmaganini iddao qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduni maydonda ko‘rmagan koreyalik muxlislar tashkilotchilardan 50 mln yevro talab qilishmoqda