“Rostov” klubi yarim himoyachisi Roman Yeremenko kecha RPLning 5-turidan o‘rin olgan “Krilya Sovetov”ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuvda yagona golga mualliflik qilgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida gapirib o‘tdi.
- Shomurodov bu mavsum 5 ta turda o‘tgan butun mavsum davomidagidan ko‘proq gol urdi.
- Agar har bir o‘yinda unga bunday vaziyatlar yaratib berilmaganida u haliyam gol ura olmagan bo‘lardi (kuladi). Umid qilamizki uning golli seriyasi yana davom etadi. Unda mavsum davomida 20ta gol urish uchun barchasi bor. Hozir unda hammasi yaxshi ketmoqda va unga yana imkoniyat berish kerak”, - deydi rossiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov ortda qolgan 5 ta turda o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U ayni damda Rossiya premer-ligasi to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi