
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan rahbariyat “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olmaganidan norozi bo‘lmoqda.
El Pais nashri muxbiri Diyego Torresning yozishicha aynan fransiyalik futblchining sotib olinmagani Zidanning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki fransiyalik mutaxassis hamyurtiga uni "Real"ga olib o‘tishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu joriy yoz Pogbani sotmasligi borasida yakuniy qarorga kelganini ma’lum qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar