«Andijon» hamda «Navbahor» (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida namangaliklar bosh murabbiyi Deyan Jurjevich o‘yin haqida o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida gapirish qiyin. Ammo meni uchrashuvdan ko‘ra maydonning holati futbolchilarga yaxshiroq to‘p surish imkonini bermagani ko‘proq ranjitdi. Bunday maydonda futbol o‘ynashning o‘zi dahshat. Agar maydonning holati talabga javob berganida uchrashuv yanada tomoshabop ruhda o‘tgan va bundan ishqibozlar ko‘proq huzur olgan bo‘lardilar. Afsuski, buning iloji bo‘lmadi. Jamoamning bunga qadar ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, vaziyatni o‘nglay olishi mumkinligiga ishonchim komil edi.
Futbolchilarimiz bugun buni amalda ko‘rsatib berishdi. Odatda o‘yinlar qovushmasa va ochkolar qo‘lga kiritilmasa, futbolchilarning xafsalasi pir bo‘ladi. Quvonarlisi shogirdlarim ruhiy o‘radan chiqib ketishdi. Bugun ular g‘alaba qozonish uchun astoydil ter to‘kdilar. O‘z navbatida bunday urinishlar zoye ketmay, omad bizga kulib boqdi. Bugungi bellashuvda qo‘lga kiritilgan uch ochkoning qiymati juda yuqori, deyish mumkin. Chunki shuning evaziga o‘yinchilarimiz ruhan o‘zlarini tiklab oladilar.
Bundan keyin bizga ancha yengil bo‘lishiga ishonyapman. Muhimi, omadsizlikdan xolos bo‘lib, juda kerakli bo‘lgan g‘alabaga erishdik. Shu bilan birga bugungi bellashuvda juda yaxshi o‘yin namoyish etgan «Andijon» klubiga ham minnatdorchilik bildirib o‘tishim kerak. Umid qilamanki, keyingi safar Andijonga kelganimizda maydonning holati bugungidek abgor bo‘lmaydi.
- Siz Andijonga uchinchi bor tashrif buyurdingiz. Bungacha esa Liga Kubogi bahsida «Andijon» va «Navbahor» yoshlari ishtirokidagi o‘yinni kuzatgandingiz. So‘ng chempionat bahsida «Buxoro»ga qarshi o‘yinni ham stadiondan kuzatgandingiz. Ayting-chi, raqibni qanchalik o‘rgangandingiz?
- Albatta, o‘zini hurmat qiladigan har qanday murabbiy bo‘lajak raqibni o‘rganishni paysalga solmaydi. Tabiiyki, «Andijon»ning o‘yinini o‘rgandim. Ammo meni hammasidan ko‘ra ixtiyorimda bo‘lgan jamoa ko‘proq qiziqtiradi. Bellashuv oldidan raqibning o‘yinlarini tahlil qilib, uning kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rgandik. Endi shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, «Andijon»ni yaxshi o‘rgangan ekanmiz. Aks holda g‘alaba qozona olmagan bo‘lardik. «Andijon» - juda yaxshi jamoa. Uni oldinda jiddiy raqiblarga qarshi bellashuvlar kutib turibdi. Ayniqsa, yakka peshqadam «Paxtakor» bilan o‘tadigan o‘yinda «Andijon»ga omad tilab qolaman.
- Bugungi uchrashuvni boshqargan hakamlar haqida nima deya olasiz?
- Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimga 20 yildan oshgan bo‘lsa ham shu paytgacha hakamlar ishini muhokama qilmaganman. Bundan keyin ham an’anamga sodiq qolishni istayman. Ular o‘z ishlarini bajarishyapti. Murabbiylarga hakamlarning ishiga baho berish yarashmaydi. Hakamlarning ishini nazorat qiladiganlar bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin