23-29 avgust kunlari O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab OAV va nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun «MEDIA.UZ» futbol haftaligi o‘tkaziladi.
Haftalik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
«Musobaqa — yurtimizdagi jurnalist va blogerlar, umuman milliy media maydonida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni xalq farovonligini oshirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishda bir musht bo‘lib birlashtirish va jipslashtirish maqsadida tashkil etilmoqda», deyiladi AOKA xabarida.
Musobaqa nizomiga muvofiq, unda asosan OAV xodimlari, jurnalistlar, blogerlar hamda agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlardan tuzilgan 24 ta jamoa qatnashadi.
Turnirda ishtirok etish istagini bildirganlar shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar — fuqarolik pasporti, mehnat daftarchasi yoki tuzilganiga 3 oydan kam bo‘lmagan muddatli mehnat shartnomalari nusxasini, shuningdek, 3x4 hajmdagi fotosuratlarini [email protected] elektron manziliga yuborishi lozim.
Arizalar 22 avgustgacha qabul qilinadi. Shu kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida musobaqaga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Unda turnir tartib-qoidalari, ochilish va taqdirlash marosimi to‘g‘risida ham axborot beriladi.
Agentlik axborot sohasining barcha vakillarini do‘stlik, hamjihatlik, hamfikrlik shiori ostida o‘tkaziladigan futbol haftaligida faol ishtirok etishga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin