O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2022 va OK-2023 qo‘shma saralashidagi ilk o‘yini – Falastinga qarshi uchrashuv oldidan yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ro‘yxatdan 24 futbolchi o‘rin olgan.
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Dinamo»).
Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi» – Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Oleg Zoteyev («Lokomotiv»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Davron Xoshimov («Lokomotiv»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).
Yarimhimoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG» - Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK» – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu» - Malayziya), Doston Ibragimov («Qizilqum»), Quvondiq Ro‘ziyev («Qo‘qon-1912»), Doston Hamdamov («Paxtakor»).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov» – Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»).
O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, Ektor Kuper boshchiligidagi jamoa 28 avgust – 3 sentyabr kunlari Toshkentda mashg‘ulot olib boradi.
Falastin bilan o‘yin 5 sentyabr, payshanba kuni Quddusga tutash Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi. Falastin milliy jamoasi uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faysal Al-Husayni» stadionidagi bahs mahalliy vaqt bilan soat 17:00, Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, saralashning «D» guruhidan Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman termalari ham o‘rin olgan. 2-tur 10 sentyabr kuni O‘zbekistonning ishtirokisiz o‘tadi.
Ma’lumot uchun, joriy saralash – O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionati yo‘lidagi 6-urinishidir. Bundan avvalgi beshta urinishning barchasi muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
1997 yildan buyon mundial uchun kurashib kelayotgan O‘zbekiston JCh saralashlarida jami 94 ta o‘yin o‘tkazgan.
Bu o‘yinlarning 49 tasi g‘alaba, 19 tasi durang va 26 tasi mag‘lubiyat bilan tugagan. To‘plar nisbati: 175-95. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin