
Rossiyaning Grozniy shahrida o‘tgan boks bo‘yicha Axmat-Hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir finalida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Ayboldi Daurenulini birinchi raundda nokautga uchratib, oltin medalga ega chiqdi.
Kelasi oy bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan avval o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib bergan musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2 ta oltin va 6 ta bronza medal bilan yakunlangan.
Shuningdek, yana bir final jangida ringga ko‘tarilgan Shunqor Abdurasulov (-60 kg.) rossiyalik raqibi Magomed Shamsayev ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Grozniy turnirida sovrindor bo‘lganlar:
Oltin medal
-60 kg.: Shunqor Abdurasulov
+91 kg.: Bahodir Jalolov
Bronza medal
-52 kg.: Foziljon Abdumurodov
-64 kg.: Elnur Abduraimov
-75 kg.: Bahrom Fozilov
-81 kg.: Kozimbek Mardonov
-91 kg.: Madiyar Saidrahimov
+91 kg.: Obidjon Tohirov “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar