
Chap qo‘li tirsagigacha amputatsiya qilingan amerikalik yakkakurash jangchisi Nik Nyuell Bellator’da ilk jangini o‘tkazdi. 33 yoshli sportchi bir qo‘li yo‘qligiga qaramay hamyurti Kori Brauningni mag‘lub eta oldi.
Jang Nyuellning raqibiga qarshi bo‘g‘uvchi usulni qo‘llaganidan keyin 1-raunddayoq to‘xtatilgan.
Aytish joiz, Nyuell 2009 yildan beri aralash yakkakurashlarda ishtirok etib keladi. Ayni vaqtda uning hisobida 18 ta jang bor va u bor-yo‘g‘i 2 marta mag‘lub bo‘lgan.
Shuningdek, Bridjportda o‘tgan musobaqaning bosh jangida rossiyalik Sergey Xaritonov amerikalik Mett Mitrionni mag‘lub etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing