«Dinamo» - «Buxoro» uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev o‘yin borasidagi o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda "Dinamo" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yin juda qiyin o‘tdi. Ayniqsa, birinchi bo‘lim biz uchun og‘ir o‘tdi. Bizda ham, “Dinamo”da ham qator golli vaziyatlar yuzaga keldi. “Dinamo” tarkibi nomdor emasligiga qaramay, jamoa juda tezkorligini bilardik. O‘ylaymanki, ularning kelajagi bor. Ikkinchi bo‘lim boshida ham bosimga uchradik, ammo yigitlarimiz vaziyatdan chiqib keta olishdi va ketma-ket uchta gol urdik. Bugun jamoa biz talab qilayotgan o‘yinni ko‘rsata oldi.
- Ikki bo‘limni taqqoslasak, “Buxoro” 2-bo‘limda umuman boshqacha o‘yin namoyish etdi. Bu o‘zgarish bugungi o‘yin uchun reja edimi?
- Biz anchadan buyon bunday o‘yin namoyish etishni maqsad qilib kelayotgandik. Afsuski, 4-5 o‘yindan buyon rejalarimiz amalga oshmayotgandi. Ammo yigitlarda bosim borligi bois, jamoamizga ishonch yetishmayotgan edi. Bugun esa o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Umid qilamanki, biz uchun keyingi o‘yinlar ham omadli bo‘ladi.
- Samarqandga qaytish siz uchun nimani anglatadi?
- Samarqandni o‘zim uchun ona shahrimdek bilaman. Men bu yerda o‘ynaganman, ajoyib xotiralar bor. Mahalliy muxlislar meni ajoyib kutib olishdi, hurmat ko‘rsatishdi, mehnatlarimni unutmaganlaridan juda xursand bo‘ldim. Ulardan bir umr minnatdorman. Samarqandda azaldan ajoyib muxlislar bor. Muxlislar o‘z vaqtida bu yerda qalbimning bir qismini qoldirganimni eslashadi. Qolaversa, Samarqandda qarindoshlarim ko‘p, shu yerdan uylanganman, qaynonam bor. Shunday ekan, Samarqand men uchun ona shahrimdek gap.
- O‘yindagi “Buxoro”ning bosh rejasi qanday edi?
- O‘yindagi bosh rejamiz qarshi hujumlardan unumli foydalanish edi. Bo‘sh zonalarda tezkor harakat qilib, gol urishni maqsad qilgandik. Rejamiz amalga oshdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi