Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi bugundan e’tiboran yig‘inga kirishdi va rejaga ko‘ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi. Mazkur yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.
Dastlabki uchrashuv 6 sentyabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bahs esa 9 sentyabr sanasida «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi. Har ikki o‘yin ham soat 19:00da start oladi.
Lyubinko Drulovich mazkur yig‘inga jami 23 nafar futbolchini jalb etdi. Husniddin G‘ofurov, Oybek Bozorov hamda Umidjon Ergashev jarohat bois mazkur yig‘inda qatnasha olmaydi. Shuningdek, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Oston O‘runov, Doston Ibragimov kabi futbolchilar milliy terma jamoa ixtiyorida ekani sabab Eron bilan o‘yinda qatnashishmaydi. Shuningdek, milliy jamoaga jalb etilgan Sharof Muxitdinov o‘rnini O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yig‘inida Jasur Jaloliddinov egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi