
Yevropa Chempionlar Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida ishtirok etuvchi barcha klublar nomi ma’lum bo‘ldi.
28—29 avgust kunlari saralash bosqichining so‘nggi o‘yinlari o‘tkazildi va shundan keyin guruh bosqichining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
Qur’a savatchalari quyidagicha ko‘rinish olgan:
Birinchi savatcha: «Liverpul», «Chelsi», «Barselona», «Manchester Siti», «Yuventus», «Bavariya», PSJ, «Zenit»;
Ikkinchi savatcha: «Real», «Atletiko», «Borussiya» Dortmund, «Napoli», «Shaxtyor», «Tottenhem», «Benfika», «Ayaks»;
Uchinchi savatcha: «Lion», «Bayer», «Zalsburg», «Olimpiakos», «Valensiya», «Inter», «Dinamo» Zagreb, «Bryugge»;
To‘rtinchi savatcha: «Lokomotiv» Moskva, «Genk», «Galatasaroy», «Leypsig», «Slaviya», «Srvena Zvezda», «Atalanta», «Lill».
Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga 29 avgust, payshanba kuni qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar