PSJ sport direktori Leonardo hujumchi Neymarning ketishi mumkinligi borasidagi ma’lumotlarni taqdim qildi.
"Neymar borasidagi bizning pozitsiyamiz doimo aniq bo‘lib kelgandi. U borasidagi dastlabki taklif 27 avgustda bo‘lgandi. Biz doimo muzokaralarga tayyormiz, biroq bizda bu borada yozma ravishda rozilik berilmagan. Bugun biz o‘zimiz istagan narsalarga erishdik, ammo bu kelishuv emas.
Barcha Neymar borasidagi ma’lumotlarni bilishni istaydi. Transferlar oynasi yopilishiga 3 kun qoldi. Lekin bu transfer amalga oshmaydi.
"Barselona" bilan ushbu transfer borasida kelishib olgandik. Albatta, Neymarni sotishni istaymiz, ammo bu faqatgina biz istagan narxda amalga oshadi.
Barcha klubda ham Neymarni sotib olishga yetarlicha mablag‘ mavjud emas. "Barselona" bizga bir necha futbolchisini taklif qildi, biroq bu bizga qiziqarli bo‘lmadi.
27 avgustdayoq Dembele bizga o‘tishi mumkin edi. Lekin "Barselona" bilan bu borada kelisha olmadik, shu boisdan u bilan gaplashmadik ham. Yana muzokaralar bo‘ladimi? Bu "Barselona"ga bog‘liq", - dedi Leonardo. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi