Foto: REUTERS
O‘ta og‘ir vazn toifasida WBA’ning sobiq muntazam jahon chempioni, rossiyalik Aleksandr Povetkin WBA xalqaro chempioni kamarini qo‘lga kiritdi. U Londonda o‘tgan 12 raundlik jangda britaniyalik Xyui Fyurini ochkolar bo‘yicha 117:111 hisobida mag‘lub etdi.
Povetkin britaniyalik Entoni Joshuadan mag‘lubiyatga uchragandan keyin ilk bor ringga ko‘tarildi. 2018 yil sentyabrda o‘tgan jangda rossiyalik 7-raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragandi. Shundan keyin u ikki qo‘lida operatsiya o‘tkazgan, uning keyigi jangi sanasi bir necha marta ko‘chirilgan.
Jangga qaytsak, umuman olganda u uncha qiziqarli o‘tmagan va voqealarga uncha boy bo‘lmagan. Fyuri rossiyalikdan faolroq mushtlashgan, biroq Povetkin ko‘proq aniqroq zarbalar berishga muvaffaq bo‘lgan.
Endilikda 2 sentyabrda 40 yoshga to‘ladigan Povetkinning hisobida 35 g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor. U bu g‘alaba bilan o‘z tug‘ilgan kuniga o‘ziga xos sovg‘a qildi.
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyurining amakivachchasi bo‘lgan 24 yoshli Xyui Fyurining hisobida esa endilikda 23 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi