
"Real" klubining bosh murabbiyi Zinedin Zidan transferning so‘nggi kunlarida tarkibni kuchaytirib olish mumkinligi haqida gapirdi.
Florentino Peres transferning so‘nggi kunlarida "bomba transfer" amalga oshiradimi?
"(Kulib). Har nima bo‘lishi mumkin. Dushanba kunigacha kutamiz. Bitta "bomba", ikkita "bomba"... Ko‘ramiz.
Men ixtiyorimda bo‘lgan futbolchilar bilan faxrlanaman. Men uchun ular eng yaxshisidir. Qachonki o‘zgarishlar haqida gapirganingizda, Chempionat boshlanganidan so‘ng tarkibingizdan mamnun bo‘lishingiz muhimdur va men qo‘l ostimdagi futbolchilardan qoniqyapman.
Hozirgi tarkibimizdan nolishga haqqim yo‘q. Agar bu meni qoniqtirmasa, bu yerda ishlamagan bo‘lardim.
Barcha murabbiylar shunday jamoani tayyorlashni va bu futbolchilarga ega bo‘lishni xohlashadi," - dedi Zidan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar