18:04 / 06.09.2019
2 513

Yosh shaxmatchilarimiz Hindistonda xalqaro musobaqada qatnashmoqda

Yosh shaxmatchilarimiz Hindistonda xalqaro musobaqada qatnashmoqda
Hindistonning Dehli shahrida joriy yilning 4 sentyabridan shaxmat bo‘yicha 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 va 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blits bo‘yicha bellashadilar. Chempionat 9 turdan iborat bo‘lib, nazorat vaqti 90 daqiqani tashkil qiladi(standart shaxmat). Har bir yurishdan so‘ng shaxmatchilarga 30 soniyadan vaqt qo‘shib beriladi.

Blits shaxmatda esa umumiy 3 daqiqa, har bir yurishga esa 2 soniyadan vaqt qo‘shib beriladi. Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega bo‘lishadi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 shaxmatchi himoya qilmoqda. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdisalimov Abdimalik va Abdruhmonov Muhammadali hamda ayollar o‘rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Abdusattorova Bahora ham bor.

Xalqaro Shaxmat akademiyasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bugun FIDE toifasidagi sport ustasi, Xalqaro shaxmat akademiyasi tinglovchisi Abdurahmonov Muhammadali rapid yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Marat Jumayev murabbiyligida musobaqaga tayyorlangan hamyurtimiz, 7 turlik musobaqada 5,5 ochko jamg‘arib 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida mutlaq g‘olib bo‘ldi.
Musobaqalar 11 sentyabrga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yosh shaxmatchilarimiz Hindistonda xalqaro musobaqada qatnashmoqda