
Foto: Chempionat
Yevro-2020 saralash bosqichi doirasida 5-tur o‘yinlari davom etmoqda.
I guruhidan o‘rin olgan Shotlandiya va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahsda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Hisobni 10-daqiqada mezbonlar yarimhimoyachisi Makginn ochganiga qaramay, rossiyaliklar 40-daqiqada Dzyubaning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. 59-daqiqada O'Donnellning avtogoli mehmonlarga g‘alabani taqdim etdi.
Guruh peshqadami Belgiya autsayder San-Marino maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi (4:0).
Kipr va Qozog‘iston milliy jamoalari esa murosa yo‘lini tanlashdi (1:1).
I guruhi
Shotlandiya – Rossiya 1:2
Gollar: Makginn (10) – Dzyuba (40), O'Donnell (59, avtogol).
Shotlandiya: Marshall, O'Donnell, Kuper, Robertson, Malgryu, Makginn (Kristi, 62), Maktomini (Fillips, 78), Freyzer, Makgregor, Forrest (Maklin, 62), Makberni.
Rossiya: Gilerme, Fernandes, Semenov, Jikiya, Jirkov, Ozdoyev, Golovin (Axmetov, 89), Ionov (Yeroxin, 80), Zobnin (Barinov, 66), Kudryashov, Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Kuper (46), Zobnin (55), Maklin (70), Barinov (70), Axmetov (90).
Kipr – Qozog‘iston 1:1
Gollar: Soteriu (39) – Shetkin (2).
San-Marino – Belgiya 0:4
Gollar: Batshuayi (43 penalti, 90), Mertens (57), Shadli (63).
Yevro-2020Shotlandiya RossiyaBelgiya San-MarinoKipr Qozog‘istonDzyuba MakginnAvtogol O'Donnell O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar