
Foto: AP
Yevro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan 5-turning markaziy o‘yinida Germaniya va Niderlandiya jamoalari to‘qnash kelishdi. Unda gollandlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va o‘z maydonlarida uchralgan mag‘lubiyat uchun (2:3) revansh olishdi.
C guruhining yana bir o‘yinida Belarus Estoniyani so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi.
Shuningdek, E va G guruhlarida ham 5-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Xorvatiya, Uels, Sloveniya va Avstriya milliy jamoalari o‘z hisoblariga 3 ochkodan yozib qo‘yishdi.
C guruhi
Germaniya – Niderlandiya 2:4
Gol: Gnabri (9), Kroos (73, penalti) – De Yong (59), Ta (65, avtogol), Malen (79), Veynaldum (90+1).
Germaniya: Noyer, Kimmix, Klostermann, Ta, Shuls, Roys (Gyundogan, 61), Kroos, Zyule, Gnabri, Ginter (Brandt, 84), Verner (Xaverts, 61)
Gollandiya: Sillessen, van Deyk, Blind, de Ligt, de Yong, Dumfris (Propper, 58), Veynaldum, Promes, de Ron (Malen, 58), Babel (Ake, 81), Depay.
Ogohlantirishlar: Kimmix (35), Depay (35), de Ron (49), de Yong (72).
Estoniya – Belarus 1:2
Gollar: Sorga (54) – Naumov (48), Skavish (90).
E guruhi
Slovakiya – Xorvatiya 0:4
Gollar: Vlashich (45), Perishich (46), Petkovich (72), Lovren (89).
Uels – Ozarbayjon 2:1
Gollar: Pashayev (36, avtogol), Beyl (84) – Emreli (58).
G guruhi
Avstriya – Latviya 6:0
Gollar: Arnautovich (7, 53 penalti), Zabitser (13), Shteynbor (76, avtogol), Laymer (80), Gregorich (84).
Sloveniya – Polsha 2:0
Gollar: Struna (35), Shporar (66).
Yevro-2020Germaniya NiderlandiyaC guruhiE guruhiG guruhiO'yin natijalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar