Mahoratli professional bokschimiz “O‘zbek Kanelosi” nomi bilan mashhur Xusniddin Po‘latov chempionlik jangidan so‘ng, yurtimizga qaytib keldi. Charmqo‘lqop ustasini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tantanali ravishda kutib olishdi. Tuman hokimining o‘zi boshchiligida, o‘ziga xos tadbir uyushtirilib, bokschimizni nufuzli kamarlarni qo‘lga kiritishi uchun duoga qo‘l ochish barobarida omadlar tilab qolishdi.
“Albatta, bunday e’tibordan boshim ko‘kka yetdi. O‘z o‘rnida yuksak darajadagi e’tibor, ehtirom uchun barchaga, jumladan, tuman hokimiga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman”, -deydi Xusniddin Po‘latov.
Eslatib o‘tamiz: Xusniddin 7 sentyabr kuni janubiy koreyalik In Duk Seoni mag‘lubiyatga uchratib, 66 kgda WBA Asia kamari sohibiga aylangandi. Bir qancha muddat avval, yurtdoshimiz 69 kg vazn toifasida ham mazkur kamarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi