Bugun, barcha professional boks ixlosmandlari diqqat e’tiborini AQSh ning Las-Vegas shahri T-Mobile arenasida tashkil etilgan professional boks kechasiga qaratgan bo‘lsa ajab emas. Chunki, superog‘ir vaznning haqiqiy mo‘jizasi sifatida e’tirof etiladigan britaniyalik Tayson Fyuri shvetsiyalik Otto Vallinga qarshi ringga ko‘tarildi. Hozirgina yakuniga yetgan mazkur qarama-qarshilikda tajribali Fyuri 12 raund yakunlariga ko‘ra, (118:112, 117:111, 118:112) hisobida shved bokschisi ustidan g‘alaba qozondi. Otto esa, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Aslida, shvetsiyalik charmqo‘lqop ustasi yomon harakat qilmadi. Jangning birinchi raundi asosan bir-birini tekshirish bilan yakunlandi. Otto dastlabki soniyalardan ring markazini egallashga harakat qildi va buni uddaladi ham. Fyuri asosan ikkinchi raqam ostida o‘z omadini qidirdi.
Ikkinchi raund Vallinning ajoyib "kross" zarbasi orqali boshlandi. Jang ssenariysi esa, o‘sha-o‘sha edi. Ammo,raundning yarmiga kelib, endi tashabbus Tayson tomonga o‘tdi.
Uchinchi raundda britaniyalik o‘zini erkin his qila boshladi va jang nazoratini o‘z qo‘liga oldi.
To‘rtinchi raund teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin, birorta aniq zarba yo‘llay olishmadi. Har ikkisi ham ehtiyotkorlikka e’tibor qaratdilar.
Beshinchi raundda Fyuri bitta "kross" va bir "xuk" zarbasini o‘tkaza oldi. Otto esa asosan zarbalarni jigarga yo‘llashga harakat qildi. Hakam ushbu raundlar davomida umuman "klinch"ga imkoniyat bermadi.
Oltinchi raundda shved bokschisining bitta aniq zarbasi Fyurini sarosimaga solib qo‘ydi. Qolaversa britan qoshidan ham jarohat oldi. Umuman olganda Otto ajoyib harakat qildi. Mazkur raunddan boshlab, bokschilarda jismoniy toliqish ham ko‘zga tashlana boshladi.
Yettinchi raund esa aksincha Tayson Fyuri ustunligida o‘tdi. U bir nechta aniq zarba yo‘llay oldi.
Sakkizinchi raundda ham faollik britaniyalikda bo‘ldi. U "klinch"da raqibini qiynab tashladi. Yaqin masofdan jang olib borish qulay ekanligiga ishonch hosil qildi.
To‘qqizinchi raundda Fyuri to‘liq ustunlik qildi. Bir nechta aniq zarbalar yo‘llay oldi. Raund so‘ngida juda kuchli zarbasi ham aniq nishonga yetib bordi. Ottoni bong qutqarib qoldi.
O‘ninchi raundda o‘sha avvalgi yo‘llangan zarbaning asorati bilindi. Tayson ketma-ket zarbalar yo‘lladi. Shunday bo‘lsada, bu aktivlik ham shved bokschisini muvozanatdan chiqara olmadi.
O‘n birinchi raundda Vallinda umuman kuch qolmagandek taassurot uyg‘otdi. Qolaversa, u ham qoshidan jarohat oldi.
Kutilmaganda jang so‘ngida Otto jonlandi va ketma-ket zarbalar yo‘llashga harakat qildi. Fyuri esa, deyarli himoya bilan ovora bo‘ldi. "Klinch"ga kirib, qarshi hujumda bir ikki "jeb" zarbalari bilan cheklandi holos. Shunday bo‘lsada, u jangni o‘z foydasiga hal qila oldi.
Jang yakunida, so‘z olgan Tayson Fyuri WBC chempioni Deontey Uaylderni jangga chorladi.
Eslatib o‘tamiz: Mazkur bokschilarning birinchi uchrashuvida durang qayd etilgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi