19 sentyabr kuni, "Bunyodkor" futbol klubi ofisiga Janubiy Koreyaning reytingi eng baland shirkatlari sirasiga kiruvchi "Suwan TPL" kompaniyasi rahbarlari tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad, "Bunyodkor" FK va "Suwan TPL" kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘ldi. Uchrashuvda "Bunyodkor" futbol klubi rahbariyati, "Suwan TPL" kompaniyasi prezidenti Indi Jang, uning yordamchisi Teddi Kim va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi direktori Sardor Kariyev ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida tomonlar farmakologiya va vitaminizatsiya masalasi bo‘yicha «Bunyodkor» jamoasiga yetkazib berilayotgan vitaminlarning sifatini yanada oshirish, Janubiy Koreya klublarida yo‘lga qo‘yilgan darajaga chiqarishni muhokama qilishdi. Shunga ko‘ra, bundan keyin "Bunyodkor" futbol klubi Janubiy Koreya jamoalari darajasidagi vitaminizatsiya bilan ta’minlanishiga kelishib olindi.
"Suwan TPL" kompaniyasi - O‘zbekistonga Koreya Respublikasidan xorijiy investitsiyalar olib kirish bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimiz biznes bozoriga birinchi marta qadam qo‘yadigan Janubiy Koreya kompaniyalariga konsalting bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatadi. Ya’ni "Suwan TPL" O‘zbekiston iqtisodiyotida hozirgi davrda eng dolzarb bo‘lib turgan masala, yurtboshimiz tomonidan alohida ustuvorlik bilan olib borilayotgan siyosat – chet eldan mamlakatimizga investitsiyalar olib kirish sohasida O‘zbekiston-Janubiy Koreya aloqalarida bugunda birinchi raqamli kompaniya bo‘lib turibdi. E’tiborli jihati, kechagi uchrashuv chog‘ida "Suwan TPL" kompaniyasi bilan yaqin kelajakda "Bunyodkor"ga ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan, tijorat yo‘nalishidagi koreys hamkorlarni topib berish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Mehmonlarga "Bunyodkor" futbol klubi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi videoprezentatsiya taqdim etildi. Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar stadion muzeyiga tashrif buyurishdi, "Bunyodkor" futbol klubi akademiyasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi, asosiy jamoaning mashg‘ulotini kuzatishdi.
"Umid qilamizki, ushbu uchrashuv "Bunyodkor" futbol klubi tarixida yangi bosqichni ochib beradi va yaqin kelajakda Janubiy Koreya kompaniyalari bilan ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolanib, klubimiz o‘z faoliyatini kengaytiradi hamda zamonaviy darajaga ko‘tarilib boradi", - dedi mehmonlarning tashrifiga minnatdorchilik bildirar ekan "Bunyodkor" klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin