Foto: «Twitter»
«Vashington Kepitalz» jamoasi xokkeychilari poytaxtning «Di Si Yunayted» jamoasi «Sietl Saunders»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinni tomosha qilgani kelishdi. O‘yinda «Di Si Yunayted» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘sha yerda Aleksandr Ovechkin va Ueyn Runi uchrashib qolishdi. Xokkeychilar o‘tirgan tribuna futbolchilar kiyinish xonasiga kirib ketadigan yo‘lakning shundoqqina yonida joylashgandi. Rus xokkeychisini ko‘rib qolgan Runi u bilan salomlashish uchun oldiga borgan, keyin esa kiyim almashtirish xonasiga taklif qilib, unga o‘z dastxati tushirilgan futbolkasini sovg‘a qilgan.
.@WayneRooney + @ovi8 =???? Talk‼️ pic.twitter.com/eFeAXQ05lE
— D.C. United (@dcunited) September 23, 2019
Quvonchli lahzalar aks etgan fotosuratni «Di Si Yunayted» o‘z tvitteriga joylashtirdi.
Albatta, voqea faqatgina Aleksandr Ovechkin «Manchester Yunayted» fanati ekani uchungina yuz bermadi.
Ueyn Runi va Aleksandr Ovechkin bir yil avval, «Vashington Kepitalz» o‘yin o‘tkazgan kuni ham uchrashishgan va Ovechkin o‘z klyushkasini Runiga tuhfa qilgandi. Endi esa ingliz futbolchisi qarzini uzdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi