
Yil boshidan buyon «Bunyodkor» jamoasini boshqarib kelayotgan tajribali mutaxassis Vadim Abramov qisqa vaqt ichida «qaldirg‘ochlar» bilan e’tiborga molik natijalarga erishdi. Superliganing 20-turidan keyin jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turishi, O‘zbekiston Kubogi bahslarida yarim finalga qadar yetib kelishi so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Vaholanki, jamoaning bugungi kundagi tarkibidan asosan akademiya tarbiyalanuvchilari joy olgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, Vadim Abramov shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ham milliy terma jamoa ham «Bunyodkor» bosh murabbiyi bo‘lib ishlaydi. Yil yakunida natijalarga qarab, klubdagi faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi ko‘rib chiqiladi.
Vadim AbramovBunyodkor JamoasiSuperliga 20-turiO‘zbekiston KubogiTajribali MutaxassisTurnir Jadvali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar