09:55 / 27.09.2019
2 595

Chexiyada hakam mast holatda o‘yinga hakamlik qildi (video)

Chexiyada hakam mast holatda o‘yinga hakamlik qildi (video)
Chexiyaning futbol bo‘yicha yoshlar chempionatidan o‘rin olgan “Beroun” va “Slani” klublari o‘rtasidagi o‘yinda kuchli mast holatda bo‘lgan yon hakam Milan Shefara “harakat qilgan”. Futbol Femidasiga xizmat qiluvchi hakam stadiondan chiqarilib yuborilmaguncha yon chiziq bo‘ylab harakat qilish vaqtida bir necha marta yiqilib tushgan.

Milan Shefaraga nisbatan Markaziy Bogemiya hududiy futbol uyushmasi tomonidan intizomiy ish qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarga ko‘ra, yon hakam shunchalik kuchli mast bo‘lganki, to‘g‘ri yura olmay, chayqalib bir necha marta maysaga yiqilgan.

“Hakamning bunday harakatiga mutlaq yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hakamlar qo‘mitasi SKFS nomidan uning musobaqalarda ishtirok etishini tasavvur qila olmayman. Bunday harakat uchun hech qanday oqlash yoki yumshatuvchi holat mavjud emas”, deb aytgan mahalliy hakamlar qo‘mitasi rahbari Pavel Maresh.

Ta’qidlanishicha, bu Chexiyada mast hakamlar bilan yuz berayotgan birinchi holat emas. 2016 yil mayida Marek Pilni va Irji Yex milliy chempionat o‘yini oldidan spirtli ichimlik ichib, ulardan biri bosh hakamni masxara qila boshlagan, ikkinchisi esa shundoq maydonga hojatini chiqargan. Keyinroq bu hakamlar bo‘shatilib, jarimaga tortilgan va hakamlik litsenziyalari tortib olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chexiyada hakam mast holatda o‘yinga hakamlik qildi (video)