Terma jamoaga "Bunyodkor"dan 4 nafar futbolchi chaqirildi

Terma jamoaga "Bunyodkor"dan 4 nafar futbolchi chaqirildi
Xabaringiz bor, oktyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida ikkita o‘yinda ishtirok etadi.
10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanni qabul qilsak, 15 oktyabrda Singapur mehmoni bo‘lamiz.

Vadim Abramov mazkur bahslarga "Bunyodkor"dan to‘rt nafar futbolchini chaqirdi. Bular darvozabon Abdumavlon Abdujalilov, himoyachi Dilshodbek Ahmadaliyev, yarim himoyachilar Lutfulla To‘rayev va Xurshid G‘iyosov.

Ma’lumot uchun, terma jamoaning sentyabr oyidagi Falastin bilan o‘yiniga "Bunyodkor"dan bironta o‘yinchi chaqirilmagan edi. "Bunyodkor" Superligada 20ta turdan so‘ng 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog‘onasida bormoqda.

Manba: championat.asia
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar