
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev AGMK klubiga uchralgan mag‘lubiyat (1:2)dan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugungi o‘yinda jamoamiz charchab qolgani ko‘rinib qoldi. Birinchi bo‘limni teng kurashlar ostida o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limning 15 daqiqalaridan so‘ng, tashabbusni AGMKga boy berib qo‘ydik. Qarshi hujumlarda vaziyatlar bo‘ldi. Ammo, bulardan naf chiqara olmadik.
Aniqroq harakat qilishimiz kerak edi. 94-daqiqada standart vaziyatda oldinga berilib ketdik va qarshi hujumda Baydullayevning individual harakatlari evaziga gol o‘tkazib yubordik. Lekin, futbolchilarimiz bor kuchlari bilan yaxshi natija uchun harakat qilishdi. Hozir jamoaning jismoniy holati yaxshimasligi, natijalarga ta’sir qilyapti", – deydi Berdiyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar