
Ayni damda, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi hamda Drulovich qo‘l ostidagi olimpiya terma jamoamiz yig‘inga kirishishgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ikkita terma jamoamiz 6 oktyabr kuni o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman qarama-qarshiligi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa Tokio-2020 uchun yo‘llanma ham beradi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tadigan turnir uchun mahsus yig‘inlar o‘tkazishni bugundan e’tiboran boshlashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar