2 336
Lyubinko Drulovich qur’a taqdim etgan kuchli jamoalar, yig‘in va boshqalar haqida gapirdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 11 va 14 oktyabr kunlari Janubiy Koreya olimpiya termasiga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Ayni paytda terma jamoamiz mazkur o‘yinlar oldidan poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich qit’a chempionatiga tayyorgarlik jarayoni va qur’a natijalari xususida o‘z mulohazalarini bildirdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
- Dastavval yaqinda bo‘lib o‘tgan qur’a to‘g‘risida fikr bildirib o‘tsam. Osiyo chempionatida juda murakkab guruhdan o‘rin oldik. Zero, guruhimizdan joy egallagan har bir terma jamoa qit’ada yetakchilar sirasiga kiradi. Shu boisdan oldinda bizni juda qiziqarli va shiddatli to‘qnashuvlar kutayotgani tayin. Lekin hali musobaqaga yetarlicha vaqt bor va biz reja asosida tayyorgarlik jarayonini davom ettiryapmiz.
Yaqinda Eron olimpiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan edik. Ushbu raqib to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga egamiz. Endi esa Janubiy Koreya bilan ham bahs olib boramiz. Bilasizmi, biz ushbu raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish masalasini qur’adan ancha avval kelishib olgan edik. Qur’a esa aynan o‘rtoqlik o‘yinlarida ham to‘qnash kelgan terma jamoalarni bizga taqdim etdi. Nima ham deya olamiz, qur’a natijalarini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi.
Terma jamoamiz tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Yigitlarning harakatlaridan ko‘nglim to‘lmoqda. Men o‘z shogirdlarimga ishonaman. Ayni paytda bir qator jarohatlangan o‘yinchilar safimizda emas. Qolaversa, ayrim futbolchilarimiz milliy terma jamoaga jalb etilgan. Osiyo chempionatiga qadar hali yana yig‘inlar tashkil etamiz.
O‘ylashimcha, dekabr oyidagi yig‘inda to‘liq tarkib bilan shug‘ullanamiz. Sekin-asta tarkib asosi shakllanib bormoqda. Terma jamoaga nomzod har bir futbolchida Osiyo chempionatiga borish imkoni mavjud. Ularning ichidan eng saralari qit’a birinchiligiga yo‘l oladi, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi tajribali mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi