00:08 / 12.10.2019
2 789

Denis Ivankov : “Yaman terma jamoasi kuchsiz o‘yin namoyish etdi”

Denis Ivankov : “Yaman terma jamoasi kuchsiz o‘yin namoyish etdi”
O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Paxtakor markaziy stadionida, minglab ishqibozlar qarshisida Yaman terma jamoasi ustidan g‘alabani tantana qildi.
Bayramona ruhda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng terma jamoa darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz tajribali mutaxassis bosh murabbiy Vadim Abramov bilan uchinchi bor birga ishlamoqda. Bundan avval ikki bor olimpiya terma jamoasida Abramovga ko‘maklashgan.

- Denis Aleksandrovich g‘alaba bilan tabriklaymiz. Dastlab Yaman terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yin haqida. Sizningcha terma jamoamiz nimaning hisobiga g‘alabaga erishdi?
- To‘g‘risi Yaman kuchsiz va bo‘sh o‘ynadi. O‘ylashimcha bizning yigitlar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi va ularga imkoniyat qoldirishmadi. Muxlislar qatori biz ham mamnunmiz.

- Mazkur yig‘inga chaqirilgan uchinchi darvozabon Abdumavlon Abdujalilov kimning qaroriga muvofiq taklif etildi?
- Abdumavlonni Vadim Abramov taklif qildi.

- Odatda yirik hisob qayd etilgan bahslarda g‘olib jamoani kamchiliklari sezilmaydi. Uchrashuv davomida terma o‘yinida xatolarni payqadingizmi? Shuningdek shogirdingiz Eldor Suyunovga bu o‘yinda deyarli yumush topilmadi..
- Xato va kamchiliklar doim bo‘lgan. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘g‘irlaymiz va ularni ustida yana ishlaymiz. Ha, Eldorga himoyachilar ish qoldirmadi.

- Falastin bilan uchrashuvdan so‘ng jamoada kayfiyat tushgan edi. Futbolchilarni murabbiylar shtabi bilan birgalikda qanday ruhlantirdinglar?
- Mashg‘ulotlar jarayonida va o‘yindan avval, biz hammamiz vatan sha’ni uchun maydonga tushayotganimizni ta’kidladik. Yigitlar aytganlarimizni to‘g‘ri tushundi.
Abdulaziz suhbatlashdi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Ivankov : “Yaman terma jamoasi kuchsiz o‘yin namoyish etdi”