Bokschi Shohjahon Ergashev «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Shohjahon Ergashev 2019 yil iyul oyida avtohalokatga uchragani, bu voqea yolg‘on ma’lumot yoki piar emasligi haqida gapirdi.
Bu narsaga juda ham oddiy qilib javob berishim mumkin. Har bir odamning o‘zining shaxsiy hayoti bo‘lib, uning aytiladigan va aytilmaydigan gaplari bo‘ladi. Kim mashinasini urib olmagan, kim kasal bo‘lib, shifoxonaga tushmagan. Bizda ham shunga o‘xshash holat bo‘ldi. Bu narsani piar qilaman degan fikr bo‘lmagan.
Buni kimgadir ma’lum qilishdan ham manfaatim bo‘lmagan, chunki buni ma’lum qilishim faoliyatimga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi.
Agar qattiq jarohat olib, shifoxonaga tushgan taqdirimda ham buni hech kimga bildirmagan bo‘lar edim. Buni bildirganimni menga foydasi yo‘q. Meni xalq hurmat qiladi, o‘zimni muxlislarim bor, borligimni ularga yana bir marta isbotlashim shart emas.
Avtohalokat bo‘ldi, buni bo‘lmadi deb aldab, yashirmayman. Rossiyada avtohalokatga uchradim. Ammo bu ko‘plar o‘ylaganichalik jiddiy bo‘lmadi, kim mashinasini urib olmagan.
Instagram’dagi sahifamda jonli efirlar qilganmiz. Xalq bitta ko‘tarilib, ma’lumot tarqagandan so‘ng u narsani bosib bo‘lmaydi. Ertangi kun uyg‘onganimdan so‘ng bu ma’lumotlar hamma yoqqa tarqab ketgan ekan. Har bitta odamni qulog‘iga bu ma’lumotni yetkazish juda qiyin.
Eng kerakligi sog‘-u salomatman. Sportchi uchun piar u qadar muhim narsa emas. O‘sha tarqalgan suratlar ham eski foto lavhalar bo‘lan. U suratlar o‘zimizga yaqinroq bo‘lgan odamlardan chiqqan ekan. U narsani ortiqcha surishtirib, janjallashib yurmadim.
Buning ustiga o‘sha vaqtda sochlarim yo‘q edi, sochlarimni olib tashlagan edim, shu sababdan ham post joylamagan edim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi