11:00 / 13.10.2019
2 372

Aleksandr Usik Chez Uizerspunni nokaut qilib, superogʻir vazndagi faoliyatini boshladi

Aleksandr Usik Chez Uizerspunni nokaut qilib, superogʻir vazndagi faoliyatini boshladi
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Chikagodagi boks oqshomida amerikalik Chez Uizerspunni magʻlubiyatga uchratdi.
Aleksandr muddatidan oldin gʻalaba qozondi, yettinchi raunddan keyin amerikalik sportchi jangni davom ettirishdan bosh tortdi.

Ukrainalik bokschi uchun bu superogʻir vazn toifasidagi ilk jang boʻldi. 2012-yilgi London Olimpiadasi chempioni boʻlgan Usik 2013-yilda professional ringdagi faoliyatini boshlagan va shu vaqtga qadar 17 jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.

Endi Aleksandr Usik – superogʻir vazn toifasida WBO chempionligi kamari uchun rasmiy daʼvogarga aylandi. Ruis – Joshua revanshi gʻolibi ukrainalik bokschiga qarshi ringga koʻtarilishi majburiy boʻladi.

Bundan avvalroq Usik hali superogʻir vazn toifasida debyut qilmay turib Deontey Uaylderni jangga chorlagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Usik Chez Uizerspunni nokaut qilib, superogʻir vazndagi faoliyatini boshladi