
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar ustozi Aziz To‘xtaboyev bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yindan oldin rejalarimiz boshqacha edi. Futbolchilarga faqat g‘alaba qozonishimiz shartligini uqtirgandik. Bugun yutqazishga haqqimiz yo‘q edi. Afsuski o‘z xatolarimiz evaziga darvozamizdan gollar o‘tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlaymiz. Hali kamchiliklarimiz yetarlicha ekanligini bugungi uchrashuv ko‘rsatib berdi.
Bundan buyog‘iga har bir ochko oltinga teng bo‘lib bormoqda. Bizni oldinda juda qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Navbatdagi bahslarda ijobiy natijalarni qayd etib turnir jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilab olamiz deb ishonaman", - deb To‘xtaboyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar