Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 20 oktyabr kuni ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida ishtirok etgan Olga Zabelinskaya eng yuqori natija (32 ochko) qayd etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Kumush medal mezbon jamoa vakiliga (28) nasib etgan bo‘lsa, hongkonglik sportchi (26) bronza medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Zabelinskaya aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor bo‘lib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. U avgust oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada omnium yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagandi.
Olga, shuningdek, joriy yil boshida velotrek bo‘yicha Jakartada o‘tgan Osiyo chempionatida ham g‘olib chiqib, Belgiyadagi xalqaro musobaqada ham oltin medal olgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»