1. Ko‘pchilik futbol ishqibozlari uning to‘liq ismini Krishtianu Ronaldu deb bilishadi. Ammo u haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lsangiz, shubhasiz, uning to‘liq ismi Krishtianu Ronaldu dos Santos Aveiro ekanligini bilasiz.
2. U 1985 yil 5 fevralda tavallud topgan. Uning otasi bog‘bon bo‘lgan.
3. Ba’zi futbolchilarning ta’kidlashicha, otasi Xose alkogol ichimliklarga ruju qo‘ygan kishi bo‘lgan. Onasi Mariya esa oilasi va farzandlarini boqish uchun kechgacha oshpaz hamda farrosh bo‘lib ishlashiga to‘g‘ri kelgan.
4. Katta bo‘lgani sari uning hech qanday taxallusi bo‘lmadi. Ammo avvallari uning mashhur 2 ta, ya’ni "Yig‘loqi chaqaloq" va "Kichkina asalari" degan taxalluslari bor edi.
5. Hayratlanarlisi shundaki, u tanasiga hech qanday tatiurovkalar tushirmagan va tushirishni ham rejalashtirmagan.
6. 2008 yilda u 42 ta gol urib, FIFA tomonidan yilning eng yaxshi faxriysi deb topildi.
7. Funchalda Ronalduning hayoti, faoliyati, noyob fotosuratlari, kuboklari va yillar davomida yutgan mukofotlariga bag‘ishlangan muzeyi mavjud.
8. Dunyo bo‘yicha eng katta maosh oladigan futbolchi sifatida e’tirof etilgan. 2014 yilda uning maoshi 73 million $ ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib 93 million $ ni tashkil qildi.
9. U o‘zining oltin oyoq kiyimini sotib, Gazadagi muhtoj bolalarning fond maktablariga xayr-ehson qilgan.
10. Krishtianu Ronaldu juda ham oilaparvar inson. 4 farzandning otasi va Jorjina Rodrigesning umr yo‘ldoshi ekanligidan faxrlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi