"Paxtakor" finallarda uchinchi marta yirik hisobda zafar quchgan birinchi klubga aylandi. Toshkentliklar bundan avval 1993 yil "Navbahor" 3:0 va 2002 yil "Neftchi" 6:3 hisoblarida mag‘lub etishgan edi. Yana bir yirik g‘alaba "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvida kuzatilgan - 3:0.
2007 yildan keyin ilk marta "Paxtakor" oltin dublga erishdi. Bunga qadar "sherlar" hisobida oltita shunday ko‘rsatkich bor edi. 12 yillik tanaffusdan keyin yana chempionat va kubokda g‘alaba qo‘lga kiritildi, O‘zbekiston Kubogida esa 8 yillik oraliqdan so‘ng bosh sovrin sohibiga aylandi.
Shota Arveladze "Paxtakor"ni boshqargan xorijlik murabbiylar orasida kubokni yutgan uchinchi mutaxassisga aylandi. Ungacha rossiyalik Sergey Butenko va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodov kubokda zafar quchgandi. Dragan Cheran esa O‘zbekiston Kubogi finallarida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi sifatida o‘z nomini tarixga muhrlab qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)