
Foto: Goal
«Barselona» hujumchisi Leo Messi Braziliya terma jamoasi va «Real» klubi sobiq a’zosi Ronaldo haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.
Dunyoning eng yaxshi hujumchisi haqida
— Ronaldo haqiqiy fenomen edi. U men ko‘rgan eng yaxshi hujumchi. U qoyilmaqom edi.
Jamoadoshlari haqida
— Ronaldino doimo menga yordam bergan. 16-17 yoshimda kiyim almashtirish xonasiga kirib, katta-katta futbol gigantlarini ko‘rganman. Ammo u menga yordam bergan, shu boisdan ham jamoada o‘zimni qulay his qilanganman. Shundan so‘ng uni maydonda juda ko‘p izlaganman, biroq u bilan ko‘proq o‘ynash nasib etmadi. Ronaldino bilan ko‘proq birga o‘ynashni xohlardim. Besh yildan beri Luis Suares bilan birga to‘p suryapman. Har uch kunda o‘yin bo‘lsa, bir-birimizga ko‘nikish oson kechadi. Farzandlarimiz bir xil yoshda, deyarli har bir kunimizni birga o‘tkazamiz. Shuning uchun munosabatlarimiz yanada mustahkam bo‘lib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar