
Foto: AP
Angliya Liga Kubogining 1/8 finalida «Liverpul» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi. Murosasiz kechgan bahsda jamoalar 5tadan to‘p kiritishdi. Maydon egalari o‘yin davomida bir necha bor kambek qilishdi va yakunda ham penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishdi.
Endilikda «Liverpul» o‘z yurishini chorak finalda davom ettiradi, «Arsenal» esa turnirni tark etdi.
Nimchorak finalidan o‘rin olgan markaziy bahslarning yana birida «Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlardan Markus Reshfordning dubliga londonliklardan Mishi Batshuayi yagona gol bilan javob berdi.
Liga Kubogi, 1/8 final
Liverpul – Arsenal 5:5 Pen: 5:4
Gollar: Mustafi (6, avtogol), Milner (43, penalti), Chemberlen (58), Origi (62, 90+4) – Torrreyra (19), Martinelli (26, 36), Meytlend-Naylz (54), Uillok (70).
Liverpul: Kellexer, Elliot, Gomes, van der Berg, Oksleyd-Chemberlen (Chirivelya, 81), Uilyams, Lallana, Milner, Keyta (Djons, 55), Origi, Bryuster.
Arsenal: Martines, Mustafi, Belerin, Xolding, Meytlend-Naylz, Torreyra (Sebalos, 72), Uillok, Martinelli, O‘zil (Genduzi, 65), Kolashinats (Tirni, 83), Saka.
Ogohlantirishlar: Bryuster (24), Lallana (44), Uillok (64), Kolashinats (77), Saka (85).
Chelsi – MYu 1:2
Gollar: Batshuayi (61) – Reshford (25 penalti, 73).
Chelsi: Kabalero, Alonso, Gei, Jeyms, Zuma, Gilmor (Pedro, 70), Kovachich, Pulishich (Maunt, 70), Jorjino, Hadson-Odoi, Batshuayi (Abraham, 78).
Manchester Yunayted: Romero, Uilyams, Maguayr, Lindelyof (Marsyal, 66), Uan-Bissaka, Jeyms, Maktomini, Lingard (Pereyra, 67), Fred, Roxo, Reshford (Yang, 80).
Ogohlantirishlar: Maktominay (11), Batshuayi (18), Fred (83).
Aston Villa – Vulverhempton 2:1
Gollar: El-G‘ozi (28), El-Muhammadi (57) – Kutrone (54). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar