U APLga qaytadimi? Mourinyu "Arsenal" direktori bilan uchrashdi

U APLga qaytadimi? Mourinyu "Arsenal" direktori bilan uchrashdi
"Chelsi" va "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Arsenal" direktori Raul Sanllexi bilan uchrashdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "to‘pchilar" rahbariyati jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Unai Emeri ishidan mamnun emas va yaqin vaqt ichida u bilan xayrlashishmoqchi. "Arsenal"dagilar klubda APL tajribasiga ega mutaxassis ishlashini xohlashmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, suhbat paytida Mourinyu "Arsenal"ning hozirgi holati va tarkibi haqida fikr bildirgan, bu esa Sanllexida yaxshi taassurot qoldirgan.

Oldinroq, Mourinyu "Arsenal"da ishlashga qiziqayotgani e’lon qilingan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar