
Foto: Twitter/FCBayern
Germaniya Bundesligasining 11-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Bavariya» o‘z maydonida «Borussiya» Dortmundni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Myunxenliklardan Robert Levandovski (2ta) va Serj Gnabri gol urishdi, yana bir to‘pni Mats Xummels o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
G‘alabadan so‘ng «Bavariya» ochkolarini 21 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. «Borussiya» esa 19 ochko bilan 5-o‘ringa tushib ketdi.
Bavariya – Borussiya D 4:0
Gollar: Levandovski (17, 76), Gnabri (47), Xummels (80, avtogol).
Bavariya: Noyer, Kimmix, Alaba, Pavar, Goretska (Alkantara, 72), Martines, Gnabri (Koutino, 70), Devis, Koman (Perishich, 76), Levandovski, Myuller.
Borussiya D: Byurki, Hakimi, Akanji, Xummels, Shuls, Gyotse (Roys, 61), Vaygl (Alkaser, 61), Brandt, Vitsel, Azar, Sancho (Gerreyru, 36).
Ogohlantirishlar: Roys (63), Koman (67), Kimmix (90+1).
BavariyaBorussiya DortmundGermaniya BundesligasiRobert LevandovskiSerj GnabriYirik Hisobda G‘alaba O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar