15:28 / 13.11.2019
2 754

Messi, Ronaldu, Ramos, Levandovskilar da’vogarlik qilgan mukofot Luka Modrichga berildi

Messi, Ronaldu, Ramos, Levandovskilar da’vogarlik qilgan mukofot Luka Modrichga berildi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich yana bir mukofot g‘olibiga aylandi.
Modrich futbol rivojiga qo‘shgan hissasi uchun 29 yoshdan oshgan futbolchilarga beriladigan "Golden Foot" (oltin oyoq) mukofoti bilan taqdirlandi.
Bu haqida Xorvatiya futbol federatsiyasining Twitter'dagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilindi. Bu yilgi nomzodlar orasida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Tiago Silva, Serxio Ramos, Ueyn Runi, Serxio Aguero, Robert Levandovski, Jorjo Kellini va Jerar Pike singari yulduzlar ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur mukofotning avvalgi g‘oliblari orasida Edinson Kavani, Iker Kasilyas, Janluiji Buffon, Samuel Eto`O, Andres Inesta, Dide Drogba, Zlatan Ibragimovich, Rayan Giggz, Franchesto Totti, Ronaldino singari jahon futboli afsonalari bor edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi, Ronaldu, Ramos, Levandovskilar da’vogarlik qilgan mukofot Luka Modrichga berildi