3 453
Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida ot sportining “konkur” yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli bellashuvning dastlabki kunida Osiyo va Yevropaning yetakchi chavandozlari o‘rtasida kechgan bahslar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi chavandozlari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Bir nechta yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning balandligi 1 metr 40 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bellashuvlarida mahoratli yosh chavandoz S.Turg‘unboyev, 1 metr 20 santimetr balandlikdagi to‘siqlarda kechgan bahslarida esa tajribali chavandoz A.Tolibboyevlar eng yaxshi natijani qayd etib, xalqaro musobaqaning oltin medallariga sazovor bo‘ldilar.
Sportchilarimizning mazkur yutug‘i natijasida Ispaniyaning Valensiya shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ikki marotaba jaranglab, davlatimiz bayrog‘i yuksaklarga ko‘tarildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)