10:44 / 16.11.2019
2 731

«Pul o‘g‘irlashni istamayman». Marchello Lippi yana Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

«Pul o‘g‘irlashni istamayman». Marchello Lippi yana Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Foto: Yandex Photos
Futbol bo‘yicha Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi lavozimini tark etishini ma’lum qildi.

14 noyabr, payshanba kuni Xitoy terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Suriyaga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Xitoy 5-turdan so‘ng guruh peshqadami Suriyadan besh ochkoga ortda bormoqda.

«O‘yin haqida gapirishni istamayman. Jamoa maydonda bor kuchini namoyish qilishi kerak. Murabbiy ko‘rsatmalarini bajarishi lozim. Agar futbolchilar mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqsa, u holda ularda kurashish xohishi yo‘q. Mag‘lubiyat — mening javobgarligim. Raqib kuchli chiqdi.

Yillik maoshim juda baland. Bu pullarni o‘g‘irlashni istamayman. Men bu mag‘lubiyat uchun javobgarlikni to‘liq o‘z bo‘ynimga olaman. Rasman bosh murabbiylik lavozimidan ketishimni ma’lum qilaman»
, — deydi Lippi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

71 yoshli italiyalik mutaxassis so‘nggi o‘n oy ichida ikkinchi bor Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Avvalroq Lippi 2016 yilning oktyabridan 2019 yilning yanvariga qadar Xitoy termasini boshqaragandi. U may oyida terma jamoaga qaytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Pul o‘g‘irlashni istamayman». Marchello Lippi yana Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi