O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qozog‘istonlik jurnalist Oydin Kojaxmet o‘z telegram kanalida xabar berdi.
«Ayni paytda har ikkala mamlakat futbol federatsiyasi bu borada muzokara o‘tkazmoqda. Agar kelishuvga erishilsa, o‘yin 2020 yil mart oyida Toshkentda o‘tkaziladi», deb yozdi Kojaxmet.
O‘zbekiston va Qozog‘iston futbol federatsiyalari o‘rtasidagi aloqalar 2007 yilda uzilib qolgan edi. Bunga Chimkent shahrida o‘tkazilgan «Alma-TV Kubogi» xalqaro turnirida yuz bergan voqealar sabab bo‘lgan.
So‘nggi o‘yinda Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy jamoalari to‘qnash kelgan. Hisob 1:1 bo‘lib turganda O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Anvar Soliyev darvozabon bilan yuzma-yuz chiqqan. Ammo raqib posboni uni jarima maydoni ichida yiqitgan. Qirg‘izistonlik bosh hakam Dmitriy Mashensev hushtagi esa yangramagan. Natijada, butun o‘yin davomida mezbonlarga yon bosib turgan hakamdan norozi bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar delegatsiyasining asabi dosh bermagan.
«O‘zbekiston milliy jamoasi delegatsiyasi qirg‘izistonlik hakamni o‘rtaga olib, qo‘pol tarzda e’tiroz bildira boshladi. Massajchi esa ko‘z o‘ngimda qanot hakamiga musht tushirdi. Xullas, juda katta to‘polon bo‘ldi», - deb yozadi Kojaxmet.
O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va bosh sovrin Qozog‘iston milliy jamoasiga nasib qildi. Bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida esa Qozog‘iston va O‘zbekiston futbol aloqalari uzilgani e’lon qilindi.
«O‘yindan keyingi matbuot anjumaniga mehmonlardan faqat O‘zbekiston milliy jamoasi matbuot kotibi Alisher Nikimbayev keldi. U yuz bergan tartibsizliklar to‘g‘risida g‘azablanib gapirdi va O‘zbekiston bundan keyin hech qachon Qozog‘iston bilan futbol o‘ynamasligini e’lon qildi. Ya’ni ikki mamlakat o‘rtasidagi futbol aloqalari uzildi», - deb yozdi Kojaxmet.
Qayd qilish joizki, o‘sha paytdan beri O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy jamoalari biror marta futbol maydonida to‘qnash kelmagan.
O‘z navbatida, taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev qozog‘istonlik jurnalist Oydin Kojaxmetning bu fikrlariga munosabat bildirib, matbuot anjumanidagi aytgan gaplari boshqacharoq bo‘lganini ta’kidladi.
«O‘zbekiston bundan keyin hech qachon Qozog‘iston bilan futbol o‘ynamaydi, demadim. Balki, munosabat o‘zgarmasa, shunday bo‘ladi, dedim. Chunki Chimkentdagi voqealardan oldingi o‘yinlarda ham shunday holatlar bo‘lib turgan. Umuman olganda, bu bahsni ozarboyjonlik hakamlar boshqarishi kerak edi. Biroq, tashkilotchilar o‘yinga qirg‘izistonlik hakamlarni tayinlashdi. Bu holat ozarboyjonliklarni ham, qirg‘izistonliklarni ham (Mashensevdan tashqari) jahlini chiqardi. Bu mojaro uchun shaxsan o‘zim ham mukofotdan mahrum qilinganman», - deb yozdi Nikimbayev «Futbolium» telegram kanalida.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida Qozog‘iston bilan 6 marta o‘ynagan va 2 marta g‘alaba qozonib, 1 marta yutqazgan. 3ta bahs durang natija bilan yakunlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»